Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishi

Oʻzbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari korrupsiyaga oid jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash va tergov qilish maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan axborot almashadi hamda tezkor hamkorlikni amalga oshiradi. Bunday hamkorlik ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshiriladi.