Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishi
Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchilik talablariga muvofiq jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mol-mulkni muzlatish, xatlash va musodara qilish choralarini qoʻllashni nazarda tutadi. Xorijiy davlatlarning soʻrovlari Jinoyat-protsessual kodeksi va xalqaro shartnomalar asosida ijro etiladi. Musodara korrupsiyaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirish uchun aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan jinoyat-huquqiy taʼsir chorasi sifatida qoʻllaniladi.